Ostvald Vilgelm Fridrix

Ma’nosi

Ostvald Vilgelm Fridrix (1853.2., Riga – 1932.4.4) – nemis fizik-kimyogari. Dernt universitetini tugatgan (1875). Riga politexnika bilim yurti (1881 — 87), Leypsig universiteti (1887-96) professor, universitet qoshidagi fizik-kimyo instituti doktori (1898-1905), 1906 yilda Leypsig yaqinidagi Grossbotenda «energiya» laboratoriyani tashkil qilgan. Fizik-kimyo asoschilaridan biri. Elekt-rolitik dissotsiatsiya nazariyasi paydo bo’lganidan so’ng kislota-asosli kataliz nazariyasini taklif qilgan (1886-87). Binar elektrolitlar suyultirilgan eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi va reaktsiyaga kirishish qobiliyatining kontsentrasiyaga bog’liqligini ifodalovchi qonun (Ostvaldning suyultirish qonuni)ni ochgan (1888). Rangli indikatorlar nazariyasini olg’a surgan (1891). Nobel mukofoti laureati (1909).

O‘xshash so‘zlar

O harfi: barcha so‘zlar