Oqsuv
Oqsuv — Qashqadaryo viloyatidagi soy. Qashqadaryoning irmog’i. Hisor tizmasining g’arbiy yon bag’ridagi muzliklardan boshlanadi. Uzunligi 62 kilometr. Suv yig’ilish maydoni 845 km2, o’rtacha balandligi 2444 metr. Oqsuvga chapdan Dahansoy, Obikixona, Gelendaryo, Rabot, Sujar kabi irmoqlar, o’ngdan Shutsoy quyiladi. Oqsuv Chiroqchidan 18 kilometr yuqorida Qashqadaryoga quyiladi. Qor-muzliklardan suv oladi. O’rtacha yillik suv sarfi 12,3 m3/sekund. Eng ko’p suv sarfi iyun oyiga, eng kam suv sarfi dekabr—yanvarga to’g’ri keladi. Yillik suvining 49,2% mart—iyunda oqib o’tadi. Oqsuvning o’rtacha oqim moduli 14,6 l/sekund, km2. Oqsuvdan Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi tumanlarining ekinzorlari sug’oriladi.