Qon chiqarish
Qon chiqarish — davo maqsadida qon tomirlaridan (ko’pincha venadan) qon chiqarish; bunda venani teshib (venepunktsiya) yoki tilib (venesektsiya) qon chiqariladi. O’tkir yurak yetishmovchiligida yurakka kelayotgan qon oqimini kamaytirish va uning ishini yaxshilashda; o’pka shishganda o’pka tomirlaridagi qon miq-dorini kamaytirish maqsadida ; og’ir gipertoniya krizlarida qon bosimini tushirish uchun; ba’zi qon kasalliklarida, ayrim zaharlanishlarda (masalan, is gazidan) Qon chiqarish yaxshi foyda beradi. Qon chiqarish uchun ba’zan vrach tavsiyasi bo’yicha tibbiyot zuluklaridan foydalaniladi.