Qon depolari

Qon depolari — odam va yuksak darajada rivojlangan hayvonlarda mavjud qonning 50% ini zaxirada saqlaydigan rezervuar a’zolar. Jigar, taloq va teri Qon depolari hisoblanadi. Bu a’zolarning tomir sistemasi o’ziga xos tuzilgan. Taloqda qonning bir qismi hujayralar orasiga tarqalgan bo’lib, qon aylanishida ishtirok etmaydi. Taloq silliq muskullarining qisqarishi tufayli qon umumiy qon oqimiga qayta quyiladi. Jigar tomirlarida qon sekin oqadi. Jigar tomirlarining qisqarishi natijasida qon tomirlar bo’ylab tarqatadi. Terida qon kapillyarlarda to’planadi. Organizmda kislorod yetishmaganida (masalan, og’ir jismoniy ish qilganda) yoki qon tarkibidagi gemoglobin miqdori kamayganda (masalan, ko’p qon yo’qotganda), Qon depolaridagi qon umumiy qon aylanish sistemasiga chiqadi va miqdori ko’payadi.