«Qomus ul-a’lom»

«Qomus ul-a’lom» (Arabcha — «Mashhur shaxslar qomusi») — 1888-99 yillarda Istanbulda turk tilida nashr etilgan 6 jilddan iborat universal entsiklopediya. Muharriri va noshiri Sh.Somiy (1850-1904). «Qomus ul-a’lom»da o’sha davrdagi turli mamlakatlarning mashhur xalifa, Amir, vazir, hokim, olim, yozuvchi, shoirlari va boshqalar haqida maqolalar berilgan. Shuningdek, turli mamlakat. dengiz, tog’ va daryolar to’g’risida ham ma’lumotlar, Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi va mashhur shaxslar, jumladan, Abu Bakr Xorazmiy, Jaloliddin Rumiy, Zebunniso va boshqalar to’g’risida batafsil maqolalar berilgan.