«Qoraqalpog’iston yoshlari»

«Qoraqalpog’iston yoshlari» («Qaraqalpaqstan jaslari») — qoraqalpoq tilida chiqadigan haftalik gazeta. To’rtko’l shahrida chop etiladi. Muassislar — Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog’iston bo’limi. Dastlab «Qaraqalpaq komsomollari» (1931), «jas Leninshi» (1931-92) nomlarida chiqqan. 1992 yildan hozirgi nomda. 2-jahon urushi yillarida gazeta faoliyati vaqtincha to’xtatilib, gazetaning vazifasi yetakchi nashr — «Qizil Qarakalpaqstan» gazeta «Komsomol turmyum» («Komsomol hayoti») bo’limi ochilib, uning zimmasiga yuklatilgan. 1950 yilning 1 iyulidan yoshlar gazetasi qayta nashr etila boshlagan. Gazeta tahririyatida «Maktublar va ommaviy ishlar» hamda «yoshlar hayoti va muammolari» bo’limlari faoliyat olib borib, har oyda «Zamandas» («zamondosh»), «derman» («Darmon»), «o’a-ha-ha» («qahqaha») klublari materiallari, shuningdek, «yoshlar ijodidan»,.»Shaxsiy fikr», «ekologiya», «Kamolot xabarlari», «ahvoling qalay, qishloqdosh», «davr va yoshlar» va boshqa ruknlarda maqolalar chop etiladi. Adadi 6000 nusxa (2005). Nasriddin Nazarov.