ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA

ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA — amaliy astrofizikaning zamonaviy bo’limi; asosan yer atmosferasi ta’siri tufayli uning sirtidan kuzatish qiyin bo’lgan to’lqin uzunlik (X) diapazonlarida tadqiqot olib borish maqsadida kosmosga chiqariladigan maxsus teleskop va ilmiy asboblarni yaratish hamda kuzatuv natijalarini taxlil qilish bilan shug’ullanadi. Xususan, atmosferadagi kislorod va suv butlari X q 1 santimetrgacha bo’lgan radionurlarning yutilishi, optik nurlarning 20 — 30% susayishi, u<3000 X soha nurlari N, N2, O, O2, O3 va boshqa atom, molekula hamda ionlarda yutilishi osmon jismlarida ro’y berayotgan fizik jarayonlarni to’la o’rganishga halal beradi. Atmosferadan tashqi astronomiya usullari yordamida hozir radio, infraqizil, optik, ultrabinafsha, rentgen va gamma diapazonlarda kosmosdan kuzatish ishlari olib borilmoqda.