Qoplama ekinlar
Qoplama ekinlar – asosiy ekinlar orasiga ekiladigan va asosiy ekin ustida o’sadigan qo’shimcha ekin. Masalan, bedaga aralashtirib sepiladigan bug’doy, arpa. Qoplama ekinlar sifatida don ekinlari, bir yillik o’tlar, zig’ir, kam soya beradigan boshqa chopiq qilinadigan ekinlar ekilishi mumkin. Beda, mosh, loviya uchun makkajo’xori, beda uchun g’alla ekinlari, ayniqsa, arpa yaxshi Qoplama ekinlar hisoblanadi (1-yili bedaning ildiz otib, yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratadi). Qoplama ekinlar va asosiy ekinlar agrotexnikasi va o’sish sharoitlari bir-biriga xalaqit bermay, yerdan foydalanish samaradorligini ko’tarish imkoniyatini beradi.