Qoplovchi to’qimalar

Qoplovchi to’qimalar – o’simliklarni tashqi muhitning noqulay sharoitidan himoya qilib turadigan to’qimalar. Tig’iz joylashgan hujayralardan iborat. Birlamchi Qoplovchi to’qimalar (epidermis) barglar va yosh novdalarning sirtida bo’ladi. Uning hujayralarining sirtqi qalin devori kutikula bilan qoplangan, o’simlikni qizib ketish- dan va suvning ortiqcha bug’lanishidan himoya qiladi. Undagi og’izchalar orqali gaz almashinuvi va transpirasiya sodir bo’ladi. Ochiq urug’lilar va ikki urug’pallalilar poyasi va ildizida birlamchi Qoplovchi to’qimalar o’rniga ikkilamchi to’qima-yo’kak hosil bo’ladi. U suyuq va gazsimon moddalarni o’tkazmaydigan, po’kaklashgan hujayralardan iborat. Bunday po’kak o’simlikning jarohatlangan joylari, nekrozga uchragan qismlari atrofida, daraxtlar po’stlog’i ichida ham hosil bo’lib, tirik lub qavatini tashqi o’lik hujayralardan ajratib turadi.