Qorovul

Qorovul — 1) harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning asosiy qismlaridan ancha masofada oldinda borib, yovning xatti-harakatidan xabardor bo’lib turuvchi, zarur paytlarda «til» tutib keltiruvchi maxsus suvoriy soqchi guruh (avanpost). Bunday ayg’oqchi harbiy bo’linma Turk xoqonligi cherigida elma istilohi bilan ifodalangan va uning vazifasiga dushman qarorgohini aniqtash. uning harbiy kuchlari tarkibi va miqdori haqida ma’lumot to’plash kirgan. Qoraxoniylar lashkarida ayg’oqchi guruh tutg’aq termini bilan atalgan. Saljuqiylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar va uch xonliklarda soqchi guruh tushunchasi Qorovul atamasi yordamida anglashilgan: O’rta Osiyo xonliklarida qorovullik xizmatini bajaruvchi harbiy qismlarning boshlig’i — qorovulbegi deb atalgan. 2) Buxoro xonligida biror bir ayg’oqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qo’shilib kirmasligi uchun yo’llarni muhofazalovchi askariy guruh; 3) biror ob’ektni qo’riqlovchi shaxs; 4) zamonaviy armiyalarning aksariyatida muhim harbiy ob’yektlarni qo’riqlash va muhofaza qilish uchun tayinlangai qurolli bo’linma (qorovullik xizmati). Qorovul, odatda, bir sutkalik qorovullik xizmatini o’tash uchun mas’ul hisoblanadi. Qorovul qism va qo’shilmalarning jangovar bayrog’i, texnika, yonilg’i, o’q-dori. portlovchi moddalar, asbob-anjom, oziq- ovqat omborlari hamda ga-uptvaxtadagi bandilarni qo’riqtayli. Qorovul tarkibida qorovul boshlig’i (zobit yoki serjant), post va smenalar soniga qarab Qorovullar zarur topilganda — qorovul boshlig’ining yordamchisi va Qorovullarni postlarga taqsimlovchi tayinlanadi. Qorovulning shaxsiy tarkibi Qorovul formasini kiygan va jangovar holatga tayyor holda qurollangan bo’lishi shart. Harbiy garnizonga davlat rahbari. Oliy bosh qo’mondon, Mudofaa vaziri tashrif buyurishi munosabati bilan Faxriy Qorovul belgilanadi. Aksariyat tantanali yig’ilippa olib chiqilgan bayroq yonida, muhim yodgorliklarning ochilishida, xorijiy lavlatlar oliy darajadagi vakillarini kutib olish va kuzatishda davlat arboblari va harbiy xizmatchilarni dafn etish marosimlarida faxriy Qorovul saf tortadi. Manba: Boburnoma T.. 1989: Nizomiddin Shoshiy. Zafarnoma. T.. 1996.