Qobiq
Qobiq (texnika va elastiklik nazariyasida) — ikkita egri chiziq sirt bilan chegaralangan qattiq jism; sirtlar orasidagi masofa boshqa ikkita o’lchamiga nisbatan kichik bo’ladi. Shakliga qarab doiraviy, tsilindrlik. elliptik, konussimon, toroidal va boshqalar; sirt geometriyasiga qarab musbat (sferik va ellipsoidal), manfiy (giperboloid, Paraboloidlar) hamda nol (tsilindrik va konus) egrilikdagi xillarga; materialiga qarab, izotopli yoki anizotopli xillarga bo’linadi. Qobiq temir-beton, po’lat, yog’och, yengil qotishmalar, plastmassa va boshqa qurilish materiallaridan ishlanadi. Qobiq binolarning yopma va orayopmalarida, uchish apparatlari, kemalar, suyuqlik rezervuarlari, mashina qismlari va boshqalarda qo’llanadi. Fizikada atom elektron qobig’i.