Qovog’arilar
Qovog’arilar – haqiqiy arilar oilasiga mansub urug’. Eng yirik (40 millimetrgacha bo’lgan) arilarni o’z ichiga oladi. 20 ga yaqin turi Janubiy-Sharqiy Osiyoda ko’p uchraydi. O’zbekiston hududida bir necha turi bor; ayniqsa, Sharq qovog’arisi keng tarqalgan. Daraxtlar kovagi, devorlar yorig’iga uya quradi. Qurtlarini qog’oz kataklarda boqadi; har xil hasharotlar, jumladan, asalarilar bilan oziqlanadi. Asalarilarni yeyishi bilan birmuncha zarar yetkazadi. Odamni chaqqanida og’riydi.