Qish
Qish — yil fasllaridan biri. Mo’tadil mintaqalarda (shu jumladan, O’zbekistonda) dekabr, yanvar va Fevral oylarini o’z ichiga oladi. Qish faslining astronomik davomiyligi o’rtacha 89,0 sutkadan iborat. Q.ning boshlanishi deb Quyoshning qishki turish nuqtasidan o’tishi kunlari (21 — 22 dekabr) qabul qilingan. O’zbekistonda Qish fasli xiyla sovuq keladi. Eng sovuq oy — yanvarning o’rtacha temperaturasi tekisliklarda (Ustyurt. Churuk stansiyasi) — 10°, Janubi Sharqda (temir, Sherobod) 2-3°, mutlaq past temperatura Janubda -25°, -30° va shimoli g’arbda -35°, -38″. Lekin tekisliklarla Qishda ham 15-20°, tog’larda 5-10° gacha iliq kunlar bo’lib turadi.