Qichitqi o’t, gazanda

Qichitqi o’t, gazanda — gazandadoshlarga mansub ko’p yillik o’simlik turi. Poyasi oddiy yoki shoxlangan. Bo’yi 60-100 santimetr. Barglari tuxumsimon yoki tuxumsimon-yuraksimon, chetlari arra tishli. Changchi va urug’chi gullari to’rt bargli gulqo’rg’onga ega. Urug’chi gulqo’rg’onlarining ikkitasi o’simlik gullaganda kattalashadi. Changchilari 4 ta, urug’chisi 1 ta. May-avgust oylarida gullab urug’laydi. Mevasi yong’oqcha. Dorivor o’simlik. Barglaridan olinadigan suyuq modda (ekstrakt) qon to’xtagish xususiyatiga ega. Barglari tarkibida S, kam miqdorda K vitamini va karotin bor. Yosh o’simlik barglari ovqatga ham ishlatiladi. Soya-salqin yerlarda, jarliklarda, sharsharalar atrofida o’sadi.