Qishliq

Qishliq (rus manbalarida kashlik), Sibir — Sibir xonliginit poytaxti (15-asrning oxiridan). Tobolsk shahridan 17 kilometr yuqorida, Irtish daryosining o’ng qirg’og’ida, Sibirka irmog’ining quyilish joyida joylashgan. 14-asr boshlaridan ma’lum. 16-asrda Qishliq aholisi savdo va hunarmandchilik (temirchilik, to’qimachilik, etikdo’zlik, mo’ynado’zlik, suyakdan buyumlar yasash), baliq ovlash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Qishliq atrofida istehkomli bir qancha mayda shaharchalar bo’lib, ularda xon va uning qarindoshlari yashagan. 1582 yil kuzida ermak qo’shinlari tomonidan bosib olingandan so’ng Qishliqda hayot so’ngan. Qishliqda (iskar shahar xarobasida — tatarcha eski yer) 1915 yil V.N.Pignatti qazishma ishlari olib borgan.