Qilichbardorlar ordeni

Qilichbardorlar ordeni – nemis katoliklarining diniy-risarlik harbiy tashkiloti. Sharqiy Boltiqbo’yi yerlarini bosib olish maqsadida 1202 yil Riga episkopi Albert hamda Rim Papasi Innokentiy III hamkorligida barpo etilgan. Risarlarning oq chakmonlarida krest (xoch) bilan qizil qilich tasviri bo’lganligi uchun shunday atalgan. 1236 yil litvalar va zemgallarning birlashgan kuchlari Qilichbardorlar ordeni qo’shinlarini tor-mor keltirganidan so’ng, 1237 yil ordenning qolgan-qutgan qismi Tevton ordeni bilan birlashib, Sharqiy Boltiqbo’yida Livon ordenini tashkil etgan.