Qizqush

Qizqush (Vanellus vanellus) – baliqchilar kenja turkumiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning g’arbiy chegarasidan Primore o’lkasigacha bo’lgan joylarida uchraydi. O’rta Osiyo va Zakavkazeda qishlaydi. Tanasi 30 santimetrcha, og’irligi 200 grammcha. Usti va ko’kragi yashil, qizil tusda tovlanadi. O’tzor, botqoqliklarda, yaylov, dala va boshqa joylarda koloniya bo’lib uya yasaydi. 4-5 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini, asosan, modasi 27-29 kun bosadi. Hasharotlar, ba’zan o’simliklar urug’i bilan oziqlanadi.