Qiljag’lilar

Qiljag’lilar – dengiz umurtqasiz hayvonlari tipi. 6 urug’, 30 turi ma’lum. Tanasi (5 millimetr — 9 santimetrgacha) tiniq, cho’ziq. Yon va dum suzgich qanotlari bor. Boshidagi o’roqsimon qili (nomi shundan) yordamida o’ljasini tutadi. Gavdasi, ikkilamchi tana bo’shlig’i ko’ndalang to’siqlar bilan bosh, tana va dum qismlariga bo’lingan. Qon aylanish va ayirish sistemasi yo’q. Nerv sistemasi halqum usti nerv tuguni va tolalar bilan tutashgan qorin gangliyasidan iborat. Germafrodit. Yirtqich plankton bilan oziqlanadi.