Qamish

Qamish — boshoqdoshlarga mansub ko’p yillik ildizpoyali o’simlik turkumi. O’zbekistonda oddiy Qamish (R. sottishz TPP.) turi tarqalgan. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 3-5 metrgacha yetadi, silliq, shoxlamaydi. Barglari navbatma-navbat joylashgan, uzun nashtarsimon, chetlari o’tkir g’adirbudir. Gullari qo’ng’irbinafsha, chochoq ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi kulrang doncha. Iyul-oktabrda gullab, mevalaydi. Bir to’pguli ro’vaqda 50-100 mingta don (meva) tugadi, urug’i shamol va suv orqali tarqaladi. Urug’i 1415° haroratda sernam joyda unib chiqadi. Asosan, ildizpoyalaridan, ba’zan urug’idan ko’payadi. Sizot suv lar sathi yaqin (2-3 metrgacha) tuproqlarda, don, sholi, g’o’za, beda va boshqalar orasida uchraydi. Shuningdek, botqoqlashgan zax joylarda, hovuz, to’qaylar, ko’l, sug’orish shoxobchalarida o’sadi. Kurash choralari: yer chuqur (30 santimetrgacha) haydaladi, yer betiga chiqqan ildizpoyalar yig’ishtirib olinadi, quritiladi; yerga dalapon (10-15 kg/ga) sepiladi; sug’orish va drenajni tartibga solish bilan sizot suvlar sathi pasaytiriladi, chopiqtalab ekinlar chuqur kultivatsiya qilinadi.