Qand

Qand, qand moddasi, shakar moddasi — uglevodlar (monosaxaridlar va oligosaxaridlar) sinfining quyi molekulali vakillari. Suvda yaxshi erishi va kristallanishi Qand moddasining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. U qaysi manbadan ilk bor olingan bo’lsa, o’shaning nomi bilan ataladi. Masalan, glyukoza — uzum qandi, laktoza — sut qandi, maltoza — solod qandi, saxaroza — shakarqamish yoki lavlagi qandi. Qand moddasi deganda Qand bo’lmagan tabiiy va sintetik monosaxaridlar ham tushuniladi. Bunday moddalar odatdagi Qand moddasidan o’ziga xos tomonlari bilan ajratadi. Ularning molekulasida gidroksil guruh (—on) o’rniga boshqa guruh, masalan, vodorod atomi (dezoksisaxar), aminoguruh N11, (aminosaxar), merkaptoguruh §N (tiosaxar) va hokazolar bo’ladi; tarmoqdangan uglerod skeleti (tarmoqlangan Qand moddasi) yoki 7 va undan ko’p atomdan iborat utlerod zanjiriga (yuqori Qand moddasi) ega; qo’shimcha kislorod gutuvchi tsikli (angidrosaxar) yoki qo’shaloq uglerod bog’i (to’yinmagan Qand moddasi) bo’ladi. Mikroorganizmlar turli-tuman «qand bo’lmagan» Qand moddasiga boy manbadir. Ko’pchilik tabiiy Qand moddalarining strukturasi kimyoviy sintez yo’li bilan aniqlangan.