Puni urushlari
Puni urushlari – O’rta dengizga hukmronlik qilish uchun Rim va Karfagen o’rtasidagi urushlar: 1 — Puni urushi (miloddan avvalgi 264-241), 2-si (miloddan avvalgi 218-201), 3-si (miloddan avvalgi 149-146). Eng yirik janglar: Mila yaqinida (260) va Egat orollarida (241) rimliklar dengiz jangida zafar qozonganlar; trazimen ko’li sohilida (217) va Kanna (216)da karfagenliklar Gannibal boshchiligida g’alaba qilganlar; Metavr (207), zam jangida (202) — rimliklar Stsipion Katta rahbarligida g’alaba qozonganlar; 149-146 yillarda rimliklar Karfagen shahrini qamal qilib, uni zabt etganlar. Puni urushlari Rimning g’alabasi bilan tugagan; Karfagen hududining bir qismi Rimning Afrika provintsiyasiga aylantirilgan, bir qismi esa Numidiyaga berilgan.