Po’kak, fellema
Po’kak, fellema — 1) o’simliklarning ikkilamchi qoplovchi o’lik to’qimasi; suberin (po’kak modda) bilan to’yingan, zich joylashgan po’stli hujayralar majmui. Po’kaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental bo’linishidan hosil bo’ladi. Po’kak daraxtsimon o’simliklar va aksari ko’p yillik o’tlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, po’kakli emanning poya va shoxlarida qalin bo’ladi. Po’kak suvni ortiqcha bug’lanishdan, o’simlikni bakteriya, zamburug’va hasharotlar ta’siridan saklaydi. Eman po’kagi shisha idishlarga tiqin, poyabzal tayyorlash va boshqa sohalarda ishlatiladi; 2) gimenomitsetlar turkumining po’kaklar oilasiga mansub zamburug’lar guruhi.