Po’latov Haydar

Po’latov Haydar (1928.10.7, Chinoz qishlog’i, Toshkent viloyati — 1993.19.5, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978), falsafa fanlari doktori (1968), professor (1969). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1949). Shu institutda davlat va huquq nazariyasi kafedrasining dotsenti (1953-55). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa kafedrasining mudiri (1958-64, 1984 yildan), Toshkent Oliy partiya maktabi (1970-71), Toshkent avtomobil yo’llari instituti falsafa kafedrasining mudiri (1972-82), shu institut prorektori (1982-84). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, inson falsafasi, madaniyat falsafasi, dialektika va bilish nazariyasi, axloqshunoslik va siyosatshunoslikka bag’ishlangan, milliy mafkura masalalari bo’yicha maqolalar yozgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).