Nurmuhamedov Rahim Muhamedovich
Nurmuhamedov Rahim Muhamedovich (1925.26.4, Yangiyo’l) — xirurg va gerontolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975), tibbiyot fanlari Doktori (1969), professor (1970). 2-jahon urushi qatnashchisi. ToshTIni tugatgach (1954), shu institut xirurgiya kafedrasining klinik ordinatori (1954- 57), assistenti (1957-58), dotsenti (1958-69), pediatriya fakulteti (1969-72), 1972 yildan davolash fakulteti umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri, o’quv ishlari bo’yicha prorektor (1971 — 81), Andijon tibbiyot instituti rektori (1981-89). Nurmuhamedov O’zbekistonda gerontologiya xizmati tashkilotchisi va raisi. Ilmiy faoliyati yara kasalligi, jigar, o’t pufagi, churra kasalligi, turli shikastlanishlar, xususan, bosh miya shikastlari, peritonit, ichakdan to’satdan hech narsa o’tmay qolish holatlari, tomir patologiyasining xirurgiyaga xos jihatlarini o’rganish va davolash, shuningdek, operatsiya jarayonida og’riqsizlantirish muammolariga oid. As: Nekotorie Voprosi xirurgicheskogo lecheniya bolnix pojilogo i starcheskogo vozrasta, T., 1973.