Nurmuhamedov Marat Koptileuvich
Nurmuhamedov Marat Koptileuvich (1930.6.1, Qoraqalpog’iston, To’rtko’l sh. — 1986.21.6, Turkiya; Nukusda dafn etilgan) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). O’zbekistonda (1980) va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Filologiya fanlari Doktori (1965), professor (1968), Qoraqalpog’iston pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1950). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining Iqtisodiyot va madaniyat institutida katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri, direktor o’rinbosari (1953-59), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limi raisi (1959-61). «Amudaryo» jurnali bosh muharriri (1957— 58), Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1958-59). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo’limi akademik-kotibi (1966-74, 1979-80). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti direktori (1974). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-Prezidenti (1974-79). Qoraqalpog’iston Oliy Kengashi Prezidiumi raisi o’rinbosari (1980-83), Nukus universiteti rektori (1983— 85). Asosiy ilmiy ishlari qoraqalpoq prozasining rivojlanish yo’llari mavzusida. O’rta maktablar (9— 10-sinflar) uchun adabiyotdan darslik, o’quv dasturlari tuzgan. «Qoraqalpoqlar» (tarixiy-etnografik ocherk) kitobi (T. A. Jdanko, S. K. Kamolovlar bilan hamkorlikda, 1971) mualliflaridan. Beruniy nomidagi O’zbekiston (1983) hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofotlari laureati (1970). As: Dovoennaya Karakalpakskaya proza, Nukus, 1959; Qoraqalpoq adabiyoti tari- XI, T., 1962; hozirgi zamon qoraqalpoq prozasi, T., 1968; o zarojdenii pismennoy literaturi poluosedlix i kochevix tyurkoyazichnix narodov Sredney Azii i Kazaxstana, T., 1970; iz istorii russko-karakalpakskix svyazey, T., 1974.