Nam to’plash
Nam to’plash — qor va yomg’ir suvlarini to’plash, oqib ketishiga yo’l qo’ymaslik yo’li bilan tuproqsa nam yig’ishga qaratilgan agrotexnikaviy tadbir. Tuproqning 1,5—2 metr qatlamida ekinlar kelgusi yil bahorda yoki yozning boshlanishida foydalanishi mumkin bo’lgan suv zaxirasini yaratish uchun o’tkaziladi. Nam to’plash namgarchilik yetishmaydigan va o’zgarib turadigan mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. O’rta Osiyo hududida Nam to’plash, asosan, tog’oldi rayonlarda olib boriladi. Nam to’plash boshqa agrotexnikaviy tadbirlar (erta shudgorlash, kuzgi yoki qishki suv berish va hokazolar) bilan qo’shib olib borilganda yaxshi samara beradi. Nam to’plashga kuzdan hozirlik ko’riladi, joyning relefi, tuproq holati va hokazolarni hisobga olgan holda oldindan tayyorlangan texnologiya xaritasiga muvofiq olib boriladi.