Nomlar

Nomlar (Yunoncha nomos — mamlakat, viloyat, okrug) — qadimgi Misrdagi ma’muriy okrug (misrcha — «sepat»). Misr davlati yagona irrigasiya tizimini barpo etish va ishlashi uchun zarur bo’lgan siyosiy birlashmalar — Nomlardan tashkil topgan edi. Har bir Nomlarning aniq belgilangan chegarasi, siyosiy va diniy Markazi, qo’shini, gerbi va homiy xudolari bo’lgan. Nomlarning ma’muriy apparati nomarxga bo’ysungan. Podshohlardan Snof-ru va Neuserra (IV va V sulolalar) ibodatxonalarida 97 ta qadimgi podsholik (miloddan avvalgi 28-23 asrlar) Nomlarining ro’yxati keltirilgan.