Nobeliy
Nobeliy (Nobelium), No mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sun’iy kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 102. Barqaror izotoplari yo’q. Massa sonlari 251-259 bo’lgan 9 ta izotopi ma’lum. Eng uzoq mavjud bo’luvchi izotopi —259No (T|/2=l soat). Oksidlanish darajsi +2, +3; ion radiusi No2+ uchun 0,11 nm. Og’irlik miqdorida olinmagan, xossalari 10 ta atomidan foydalanib o’rganilgan. Stokgolmda (Shvesiya) xalqaro olimlar guruhi 1957 yilda Nobeliy atomi olinganligini e’lon qildi va uni A. Nobel nomi bilan atashni tavsiya etdi. Nobeliyning massa soni 252— 256 bo’lgan izotoplari 1963-67 yillarda Dubna shahrida G. N. Flerov boshchiligida olimlar tomonidan olindi.