Niderlandiya inqilobi
Niderlandiya inqilobi (1566-1609) — Niderlandiya tarixiy viloyatida sodir bo’lgan inqilob. Kalvinizm bayrog’i ostida o’tgan va ispanlar hukmronligini batamom tugatish va feodallarning zo’ravonligiga qarshi qaratilgan. Konservativ ruhdagi byurgerlar oppozitsiyadagi dvoryanlar (Vilgelm Oranskiy rahbarligida) bilan ittifoq tuzib ispanlar asoratiga qarshi chiqqanlar. Asosiy voqealar: 1566 yildagi Ikonalarga qarshi qo’zg’olon, 1572 yil shimoliy viloyatlarda ko’tarilgan ommaviy qo’zg’olon, 1576 yil Janubiy viloyatlardagi qo’zg’olon, Utrext uniyasi (Ittifoqi) ni barpo etilishi (1579). Shimoliy viloyatlarni ispanlar hukmronligidan ozod bo’lishi (hozirgi Niderlandiya davlati hududi) va Birlashgan viloyatlar Respublikasi barpo etilishi bilan yakunlangan (Janubiy viloyatlarni 1585 yilga kelib Ispaniya qayta bosib olgan).