Neolamarkizm
Neolamarkizm (Neo… va Lamarkizm) — Lamark ta’limotining ayrim holatlariga asoslangan har xil ideologik evolyusion kontsepsiyalar yig’indisi. Neolamarkizm evolyutsion ta’limot rivojlanishining Darvindan keyingi bosqichida paydo bo’lgan. Darvin nazariyasining ayrim aspektlarini tan olgan neolamarkistlar tabiiy tanlanishning ijodiy rolini inkor qilishgan. Neolamarkizmda 3 asosiy yo’nalish mavjud. Ortolamarkizm— organik olam evolyutsiyasi Darvin uqtirganidek tabiiy tanlanish asosida emas, balki organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlari ishtirokida amalga oshishi. Mazmun mohiyati bilan bu yo’nalish E. Kop, G. Osborn, L. S. Berglar ilgari surgan avtogenez kontsepsiyasidan boshka narsa emas. Mexanolamarkizm— organizmlarning azaldan belgilangan ichki kuchlar asosida tashqi muhitning o’zgarishiga javoban maqsadga muvofiq struktura va funktsiyalarini o’zgartirishi. Mexanolamarkistlar adaptiv modifikatsiyalarni evolyutsion yangi Hosila va ular nasldannaslga o’tadi deb ko’rsatishadi. Psixolamarkizm — evolyutsiya sababini organizmlarning ongli xatti-harakatlari orqali tushuntirishga urinish. Neolamarkizm qanday yo’nalishda bo’lmasin, u rivojlanishni maqsadga muvofiqligini e’tirof etib, tabiiy tanlanishning ijodiy rolini inkor qiladi.