Is tegishi
Is tegishi — is gazi bilan zaharlanish. Kerosin, ko’mir, gaz, o’tin va boshqa yoqilg’ilar yonganda kislorod etishmasa, uglerodning chala oksidlanish mahsuli — So nafas yo’llaridan organizmga kirib, qizil qon tanachalaridagi gemoglobin bilan birikishidan karboksigemoglobin hosil bo’ladi. Bu modda kislorodni biriktira olmaydi, natijada to’qima va hujayralarda kislorod etishmaydi. Is tekkan kishining boshi qattiq og’riydi, ko’zi tinadi, ko’ngli ayniydi, darmoni quriydi, gandiraklaydi. Uzoq vaqt is tegib tursa, kishi tamomila holsizlanib, o’rnidan turolmaydi va pirovardida butunlay hushdan ketadi. Is tekkan kishi tezda sof havoga olib chiqiladi. Nafas olishi to’xtab qolgan bo’lsa, sun’iy nafas oldiriladi va darhol «tez yordam» chaqiriladi.