Ispanlar

Ispanlar — xalq. Ispaniyaning asosiy aholisi (27,6 million kishi). Umumiy soni 29,0 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Ispan tilipl so’zlashadi. Dindorlari, asosan, katoliklar. Ispanlarning qadimgi ajdodlari iber qabilalari hisoblanadi. Galliyadan german qabilalari — Vestgotlar (414 yil), Gibraltar orqali arablar va barbarlar (714 yil) bostirib kirib, Ispanlarning etnik tarkibiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Ispanlar ularni mavrlarr.E6 atashgan. Rekonkista (8-15-asr oxiri) ispan yerlarini birlashtirish bilan tugagan, bu esa Ispanlarning milliy ongini shakllanishiga imkon tug’dirgan. Lekin, 20-asrgacha ayrim viloyatlar aholisi o’zlarini kastiliyaliklar, aragonlar, andaluzlar va boshqalar deb atab kelishgan. Ispanlar 19-asr oxirida millat bo’lib shakllangan. Ispanlar Lotin Amerikasidagi ko’plab hozirgi xalqlarning shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatganlar. Xo’jaligida qoramolchilik rivojlangan. Qishloq xo’jaligida g’alla ekinlari yetishtirish yetakchi o’rinni egallaydi.