Pessimizm

Pessimizm (lotincha pessimum — eng yomon) — dunyoga, hayotga g’amg’inlik, umidsizlik bilan qarash, kelajak yaxshi bo’lishiga ishonmaslik; hamma narsani qora rangda tasvirlash. Pessimizm optimizmni qarama-qarshisi bo’lib, olamda avvalam bor uning salbiy tomonlarini ko’radi, olam umid qilib bo’lmaydigan darajada yomon, insonlarning yashashi — boshdan oxirigacha ma’nisizlikdan iborat deb hisoblaydi. Pessimizmning diniy ifodasi buddizmda, qadimgi axdda va xristianlikda aks etgan. Melanxoliya — Pessimizmning patologik shakli. Falsafiy Pessimizm Shopengauer va Gartman asarlarida ko’zga tashlanadi. Pessimizmga moyil odam pessimist deyiladi.