Puebla, Puebla-de-Saragosa

Puebla, Puebla-de-Saragosa — Meksikadagi shahar, Meksika tog’ligining Janubda, o’rtacha 2150 metr balandlikda. Puebla shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,34 million kishi (2000). Transport yo’llarining yirik tuguni. Mamlakatning eng muhim to’qimachilik (ip gazlama va jun) sanoati markazi. Ko’n-teri, tsement, keramika, oziq-ovqat sanoati, metallsozlik korxonalari mavjud. Qishloq xo’jalik rayoni (agava, shakarqamish, kunjut) markazi. Hunarmandchilik rivojlangan. Universitetlar, muzeylar bor. Shaharga 1531 yilda asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan 16-18-asrlarda qurilgan sobor, cherkov va boshqalar saqlangan.