Parana

Parana — Argentinaning Sharqiy qismidagi shaqar, entrerios provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 235,9 ming kishi (2001). Parana daryosi bo’yidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Transport yo’llari tuguni. Aeroport bor. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Chetga kun-teri, jun, tsitrus mevalar, makkajo’xori, bug’doy chiqariladi. Oziq- ovqat, ko’n-poyabzal, tsement, keramika, yog’ochsozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Transport jihozlari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Shaharga 1730 yilda asos solingan. 1853— 63 yillarda Argentina poytaxti. Universitet, rasadxona, muzeylar bor.