Piroklastik jinslar
Piroklastik jinslar (Yunoncha rug — olov va Mao — sindiraman) — vulkandan otilib chiqqan mahsulotlar qotishidan paydo bo’lgan chaqiq tog’ jinslari. Tarkibi bazalt, andezit, liparit, traxitli vulkan jinslaridan iborat. Piroklastik jinslar donachalarining tuzilishi jihatidan yirik (psefitli), o’rta (psammitli), mayda (alevritli, pelitli) bo’lakli jinslarga bo’linadi. Piroklastik jinslar qatlamlangach, ignimbritlardek jipslashib ketadi yoki diagenezga uchraydi. Bu jinslar qurilish materiallari sifatida ishlatiladi. Piroklastik jinslar tarkibini va tarqalish qonuniyatini to’liq o’rganish ular bilan bog’liq konlarni qidirib topishda muxim ahamiyatga ega.