Izentayev Jolliboy Tanirbergen o’g’li
Izentayev Jolliboy Tanirbergen o’g’li (1943.29.2, Qo’ng’irot tumani) — rangtasvirchi rassom, O’zbekiston Badiiy Akademiyasining akademik (1997), O’zbekiston xalq rassomi (2000). Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini (1974) tugatgan. Nukus shahar badiiy hunar ishlab chiqarish ustaxonasida rassom (1974-79), 1979 yildan Qoraqalpog’iston rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi hamda 1997 yildan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limining raisi. Izentayevning turli janrlarda yaratilgan asarlarida Qoraqalpog’iston tabiati, manzarasi, qoraqalpoq xalqi, uning dardi, kechasi, buguni o’z aksini topgan. Tarixiy mavzudagi yirik asarlar («Umid yo’lida», va «Begjap fojiasi», 1983), psixologik portretlar («A. Jumamuratov», 1976; «ona portreti», 1978; «Avtoportret», 1980; «I. Yusupov», 1981; «A. Otaboyev», 1982 va boshqalar), manzaralar («Xiva. Changli kun», 1979; «Ko’hna O’rganch. Bozor», 1979; «Bahorda Nukus», 1982; «Qoraqalpog’istonda kuz», 1986; «Qizketganda tong», 1994; «Yashil hovli», 1994 va boshqalar), natyurmortlar («qumg’onli natyurmort», 1984; «Niqobli natyurmort», 1987 va boshqalar) va boshqa asarlar muallifi. Orol muammolariga bag’ishlangan asarlar turkumini yaratdi («Mo’ynoq. Qumdagi saksovul», 1988; «Kemalar qabristoni», 1989; «Mo’ynoq», «Chekinayotgan dengiz tubi», 1989 va b.). Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston davlat mukofoti laureati (1983).