Izen

Izen, koxiya (Kochia) — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim-butalardan iborat turkum. Gullari ko’kimtir, ko’rimsiz. Barglari uzun, tekis, qirrali. 80 turi ma’lum. O’zbekistonda 4 turi bo’lib, ular Toshloq, qumloq, gil tuproq, sho’rxok va taqir yerlarda o’sadi. Asosan, yerbag’irlab o’suvchi yarimbuta (K. prostrata) Izen deb ataladi. U sifatli ozuqabop o’simlik sifatida o’tloqlarning hosildorligini oshirish uchun ekiladi. Kelinsupurgi Izen (K. scoparia) esa bir yillik sershox o’simlik bo’lib, undan supurgi sifatida foydalaniladi. Cho’l va adirlarda o’sadi. Urug’ining tarkibida saponin bor. Ba’zilari manzarali o’simlik.