«Izvestiya»

«Izvestiya» («axborot») — Rossiya Federatsiyasida chiqadigan umummilliy gazeta. Moskvada haftada 5 marta rus tilida nashr etiladi. Gazetaning 1-soni 1917 yil 28 Fevral (13 mart)da Petrogradda chiqqan. «Izvestiya» sho’ro tuzumi davrida kommunistik partiya va Sovet hukumati qabul qilgan qaror va hujjatlarning bajarilishini mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi qudratli vosita bo’lgan. Sho’ro tuzumi tugagach (1991 yil oxiridan), Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid islohot va o’zgarishlarning bajarilishini ta’minlashga mo’ljallangan yo’nalish oldi. Adadi 234.500 (2002).