Kaltaminor

Kaltaminor — Xivadagi me’moriy yodgorlik. Muhammad Aminxon madrasasining old tomonida joylashgan. O’rta Osiyoda eng katta va baland qilib qurish mo’ljallangan (taxminan 70-80 metr). 1852 yil qurila boshlanib 1855 yilda xonning vafoti tufayli chala qolgan (nomi shundan). Hozir Kaltaminorning balandligi 26 metr, asosining diametri — 14.2 metr. Bezagida oq, yashil, feruza rangli koshinlar qo’llanilgan (Feruza rangli koshin ko’p ishlatilganidan Ko’kminor deb ham ataladi). Xiva shahrining 2500 yilligi arafasida (1996-97) Kaltaminorning koshinkori bezaklari to’liq ta’mirlandi va undagi «nasta’liq» yozuvlari qayta tiklandi.