Muallif: Qahramon Rajabov, Sulaymon Inoyatov
So’zboshi
Turon mintaqasida kechmishi ming yillarga borib taqaladigan qadimiy shaharlar, ko’hna kentlar, tarixiy qishloqlar mavjudligi turkiy xalqlarning buyuk davlatchilik tarixi va madaniyatidan dalolat beradi. O’zbek xalqining ajdodlari tomonidan 3000 yil muqaddam yurtimizda asos solingan Buxoro shahri nafaqat O’zbekiston yoxud Markaziy Osiyo mintaqasi, balki jahon tarixidagi eng ko’hna va qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Buxoro shahri o’rta asrlarda Buxoroi sharif-Sharofatli Buxoro deb e’zozlangan. Tarixiy Buxoro viloyati (Buxoro vohasi)da esa ko’hna va hamisha navqiron Buxoro bilan bo’ylashadigan ko’plab shaharlar, kentlar va tumanlar mavjud.
Buxorolik mashhur alloma va davlat arbobi Abdurauf Fitrat (1886-1938) o’z ona shahri haqida bundan 100 yil oldin shunday deb yozgan edi: “Buxoro bizning muqaddas vatanimizdir. Buxoro bizning mehribon onamizdir, Buxoro bizning nash’u namo joyimiz. Buxoro bizning sajdagohimizdir. Buxoro bizning aziz ma’shuqimizdir. Buxoro bizning jonimiz-la barobar mahbubimizdir. Buxoro bizdandir, biz Buxorodan. Bas, bu qadar g’aflat va tanballik, bexabarlik va johillikda o’tirganimiz…”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996 yil 14 dekabrda Xalq deputatlari Buxoro viloyati sessiyasida so’zlagan nutqida Buxoro va buxoroliklar haqida quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan edi: “Yer yuzida Buxoroning ta’rifini eshitmagan, uni bilmagan, uni umrida biror marta o’z ko’zi bilan ko’rishini orzu qilmagan ma’rifatli odam yo’q desak, aslo xato bo’lmas. Buxoro nafaqat O’zbekistonni, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasini dunyoga mashhur etgan. Unga Buxoroi sharif degan nom bejiz berilmagan. Negaki, bu muqaddas zaminda Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Imom Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband va uning piru ustozlari – Abduxoliq G’ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy, Xoja Mahmud Fag’naviy, Xoja Ali Rametaniy, Muhammad Samosiy, Sayyid Mir Kulol, keyingi zamonlarda Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev, Ibrohim Mo’minov kabi ulug’ zotlar o’tganki, ularning nomlarini yodlash va e’zozlash har bir vatandoshimiz, har bir insonning burchidir.
Bu muborak zaminda o’tgan aziz-avliyolarning ruhlari qo’llagan Buxoro ahlini biz hammamiz qo’li gul, dili sof, iymoni butun va irodasi baquvvat kishilar sifatida juda yaxshi bilamiz va hurmat qilamiz…
Buxoro ahli ana shunday zahmatkash, ishning ko’zini biladigan xalq. O’tmishda ham, keyingi zamonlarda ham buxoroliklar tashabbuskorligi, yangilikka tashnaligi bilan xalqimiz orasida mashhur bo’lganlar. Yaxshilab eslab ko’rsak, paxtachilikda ham, chorvachilikda ham, boshqa talay sohalarda ham buxoroliklar ko’p marta ibratu namuna ko’rsatganlar.
Buxoroning yer osti va yer usti boyliklari, moddiy potensiali juda buyuk. Xorijiy sarmoya ishtirokida qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodini olib qaraylik. Bu ulkan korxona hali bitmasdan turib butun jahon ahlining tiliga tushdi. Buning sababi bor, albatta. Chunki bu zavod O’zbekiston davlatinign neft mustaqilligi dasturida beqiyos o’rin tutadi.
Yoki Buxoro zardo’zlari mehnatini olib qaraylik. Bunday san’at, bunday mahorat yer yuzida topilmaydi. Buxoroning zardo’zi do’ppilari, zar choponlari, zar kovushlari, turli zar bezaklari dunyodagi eng mashhur muzeylarning faxriga aylangan…
Buxoro – qadimiy va mo’tabar shahar. U – butun insoniyat madaniyati va tarixida ulkan o’rin tutuvchi muqaddas maskan. Dunyoda million-million kishilar Buxoroni ziyorat qilish, uni tavof etish orzusi bilan yashamoqda. Boshqacha aytganda, Buxoro xalqaro turizm uchun jozibali manzillardan biridir. Biroq ana shunday katta imkoniyatdan unumli foydalanilmayapti…
Buxoroning o’z yo’li, o’z uslubi, qo’li gul ustalari bor. Shularning boshini birlashtirib, obodonchilikka, bunyodkorlikka safarbar etadigan fidoyi odamning o’zi yo’q…
Buxoroning o’ziga xos qiyofasi, o’ziga xos shevasi bor. Shu zaminga qadam qo’yganda odam o’zini boshqacha sezadi. Negaki, bu zaminda yashaydigan insonlarning chehrasi ochiq, yuzida doimo tabassum. Buxoro qariyalari haqida alohida gapirmoqchiman. Ularning ozodaligi, mo’min-musulmonligi, nuroniyligi barchamizga ibrat bo’ladi. Agar mahalliy nuroniylarning, oqsoqollarning umumlashgan siymosini izlsangiz, uni Buxoroi sharifdan topasiz…
Buxoroning mehmondo’st, shirinso’z, g’ayratli va shijoatli odamlarni ko’rib, viloyat rahbarlaridan so’ragin keladi. Shunday odamlar bilan oldingi saflarda bo’lmaslik gunoh emasmi?
Men aniq ishonamanki, Buxoro ahli o’zining asl shuhratini tiklaydi va mamlakatga ibrat bo’lgulik ezgu ishlarni amalga oshiradi”.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov Buxoro shahrining o’zbek xalqi va davlatchiligi tarixidagi muhim o’rinni bundan qariyb 20 yilcha muqaddam quyidagicha ko’rsatib o’tgan edi: “Buxoro o’lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shib kelayotgan, shariflik nomiga sazovor bo’lgan muqaddas joylaridan biridir.
Buxoro “qubbatul islom”, ya’ni “islom dinining gumbazi” va buyuk ulamolar so’zi bilan aytganda, “quvvati dini islom” deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida musulmon dunyosining mo’tabar markazlaridan biri bo’lishidan e’tirofdir.
Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning yigirma besh asrlik yo’lini ko’ramiz.
Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, ma’naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo’lidan darak beradi.
X asrning masshur tarixchisi, asli buxorolik Abu Bakr Muhammad Narshaxiy naql qilishicha, Buxoroga turkiy qabilalar asos solgan bo’lib, bu yerda “suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivorlar ko’p bo’lganidan kishilarga xush kelib, shu yerga joylashganlar”. Narshaxiy shuni ham ta’kidlaydiki, eng qadimgi milliy qahramonlarimizdan bo’lmish Alp Erto’nga (Afrosiyob) ham aynan Buxoroda dafn etilgan.
Bu tabarruk tuproqda miloddan avvalgi VI asrda eronlik Kayxusrav, miloddan avvalgi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.
Bu azi shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G’ijduvon kabi qadimgi kentlarni o’z bag’riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo’lida muttasil qahramonona kurashib keldilar.
Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’targan Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Tamir Xotun (To’maris), malika Qabaj xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir.
O’tgan ikki yarim ming yil davomida o’zbek davlatchiligini boshqargan qadimiy xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashinaliylar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mang’itlar sulolalari va tariximizda, xususan, Buxoroi azimda o’ziga yarasha nom iz iz qoldirdilar…
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo’lib kelgan. Imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, Fag’naviy, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev va boshqa shu kabi buyuk zotlar yetishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilmu fan, ma’rifat va ijod beshigi bo’lib qolaveradi”.
Prezident Islom Karimov Buxoro viloyatining mustaqillik yillaridagi dadil odimlari hamda buxoroliklarning shavkatli faoliyati to’g’risida quyidagicha fikr bildirgan edi: “Istiqlol ko’hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Buxoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo’jaligi, ilm-fan, madaniyat va san’at yangi yuksalish yo’liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o’zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o’z sahovatli mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo’zi liboslari, oltinga teng tillasi, qorako’l terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq me’morchilik san’atining noyob namunalari bo’lgan barcha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklarning yana bir katta yutug’i shundaki, bugun bu tabarruk zaminda turli millatu dinga mansub kishilar – tojiklar, turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o’nlab millat vakillari o’zbeklar bilan birga qo’lni-qo’lga berib, do’stona, ahil, hamkor va hamjihar bo’lib yashamoqdalar”.
Dalatimiz rahbari I.Karimov barkamol avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash uchun Buxoroning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etish bugungi kun talabi ekanligini vatandoshlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ongiga takror-takror singdiradi: “Zamonlar o’tar, yillar, asrlar o’tadi. Hech shubha yo’qki, farzandlarimiz, nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bo’lganlarni, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g’isht qo’ygan ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o’sib kelayotgan avlodlarimiz o’z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarni, osori-atiqalarini boshiga ko’tarib, shu tariqa ko’kka ko’tarib, umumbashariy qadriyatlar xazinasiga o’zlarining munosib hissasini qo’shadilar”.
“Tafakkur” nashriyotida 2015 yilda chop etilgan “Buxoro viloyati tumanlari va shaharlari” deb nomlangan turkum risolalar (ularning umumiy miqdori 14 ta) Buxoro viloyati tumanlari va shaharlarining muxtasar tarixi, geografiyasi, iqtisodi va madaniyati, mashhur kishilari va me’moriy yodgorliklari yoritilgan qisqacha ma’lumotnomadan iborat edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik yillarida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga to’xtalib, 2015 yil fevral-mart oylarida saylovchilar bilan uchrashuvlarda so’zlagan nutqlaridan biridan unga quyidagicha baho bergan edi: “Buxoro viloyati misolida oladigan bo’lsak, bu yerda keyingi yetti yilning o’zida 9,5 milliard dollar hajmda investitsiya kiritildi. Bu raqamlarni kimdir biladi, kimdir bilmaydi. Kelgusi besh yilda 7,8 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb etish hisobidan bir qancha lohiyalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishdek o’ta muhim masalalarni hal etish, Buxoroning saxovatli zaminida mavjud bo’lgan tabiiy boyliklardan samarali foydalanish maqsadida mustaqillik yillarida viloyatda yitik Gaz uzatish compressor stansiyasi, “KNAUF gips-Buxoro” qo’shma korxonasi, G’ijduvon temir-beton va Gazli neft qazib chiqarish korxonalari barpo etildi”.
Buxoro haqidagi umumiy ma’lumotlar
Buxoro vohasining aholisi va etnik tarkibi
Buxoro guzarlari va mahallalari
Buxoro Buyuk bitigida
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. “Buxoro tarixi” asaridan
Ibn Havkal. “Kitob surat al-ard” asaridan
Buxoro ta’rifida
“Buxoro atamasi va Buxoroning unvonlari
O’zbekiston milliy qomusi sahifalarida Buxoro tarixining yoritilishi
Buxoro miniatyura maktabi
Buxoro zardo’zlik san’ati
Buxoro zargarlik maktabi
Buxoro kandakorlik maktabi
Buxoro yog’och va ganch o’ymakorligi
Buxoro Shoshmaqomi
Buxoro raqsi
Buxoro-Samarqand musiqa uslubi
Buxoroda pul tizimi
Buxoro tilla tangasi
Buxoro kumush tangasi
Buxoro va Samarqand suv taqsimoti
Buxoro yahudiylari
“Buxoroyi sharif” gazetasi
“Buxarskaya jizn” jurnali
“Buxoro haqiqati” gazetasi
Buxoro ilmiy jamiyati
“Buxkino” tashkiloti
Buxoro maorif uyi
Buxoro qatlamlari
Buxoro qorako’li
Buxoro xonguli
Buxoro temir yo’li
Buxoro – Ural gaz yo’li
Buxoro – Toshkent – Bishkek – Olmaota gaz yo’li
Buxoro “Jayron” ekologik markazi
Buxoro tarixi solnomasi
Buxoroning qisqacha siyosiy tarixi
Sug’ [Sug’diyona]
Qadimgi Sug’d va Buxoro Sug’di
Eftalitlar davlati (Oq xunnlar davlati)
Sug’d ixshidlari konfederatsiyasi
Abruy qo’zg’oloni
Buxorxudotlar podsholigi
Vardonxudotlar podsholigi
Abu Muslim harakati
Sharik qo’zg’oloni
Muqanna qo’zg’oloni
Somoniylar amirligi
G’arbiy Qoraxoniylar davlati
Buxoro burhonlar va sadrlari
Malik Sanjar qo’zg’oloni
Buxoroning mo’g’ullardan mudofaasi
Mahmud Torobiy qo’zg’oloni
Buxoro xonligi
Buxoro amirligi
Rossiya-Buxoro shartnomalari
Buxorodagi Rossiya vakolatxonalari
Buxoroda 1910 yil yanvar voqealari
Yosh buxoroliklar
Buxoroda 1917 yil aprel namoyishi
Buxoroda 1918 yil mart voqealari
Buxoroga qizil armiya hujumi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
Buxoro sovet hokimiyati davrida
Buxoroning me’moriy yodgorliklari
Buxoro arki
Buxoro qal’asi
Registon maydoni
Buxoro darvozalari
Buxoro madrasalari
Buxoro minoralari
Buxoro masjidlari
Buxorodagi kutubxonalari
Buxorodagi tim va toqilar
Buxorodagi xonaqohlar
Buxorodagi qabriston va maqbaralar
Buxoro hammomlari
Buxoro hovuzlari
Buxoro saroylari
Buxoro me’moriy majmualari
Buxorodagi boshqa obidalar
Buxoroning mashhur kishilari
Buyuk buxoriylar
Buxoroning buyuk tarixchisi
Tib ilmining bobokaloni
Buxoroning yetti piri
Chor Bakr va Jo’ybor xojalari
Buxoro hukmdorlari va davlat arboblari
Buxoro otaliq va qo’shbegilari
Buxoro qo’rboshilari
Buxorolik XX asrdagi davlat va jamoat arboblari
Buxorolik islom ularmolari va naqshbandiya tariqari namoyandalari
Buxoro olimlari
Buxoro shoir va adiblari
Buxoro san’atkor va rassomlari
Buxoroning afandisi
Buxoro sarmoyadorlari
Buxorolik urush, mehnat va davlat qahramonlari
Buxoro sportchilari
Buxoro shahri mustaqillik yillarida
Sanoati
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
Buxoro “Zardo’z” aktsiyadorlik jamiyati
“Buxoroteks” aktsiyadorlik jamiyati
Transporti
Ta’lim tizimi
Buxorodagi oliy o’quv yurtlari
Buxorodagi akademik litseylari
Buxorodagi kasb-hunar kollejlari
Madaniyati
Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey-qo’riqxonasi
Buxoro teatrlari
Sog’liqni saqlash
Sport
Adabiyoti
Ommaviy axborot vositalari
Matbuoti
“Buxoronoma” gazetasi
“Buxarskiy vestnik” gazetasi
“Buxoro oqshomi” gazetasi
“Buxoro mavjlari” jurnali
Boshqa gazetalar
Radioeshittirish va televideniyesi
Buxoro shahar hokimiyati faoliyati
Buxoroning yoshi nechada?