ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH
ASHRABOV ABBOS BOBOYEVICH (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari Doktori (1961), professor (1960). O’rta Osiyo politexnika instirutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan (1935-91), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi inshootlar instituti direktori (1958-63), Toshkent arxitektura va qurilish institutida professor (1992-96). Ilmiy ishlari qurilish materiallariga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. Ashoka zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U O’rta Osiyoda birinchi bo’lib beton va temir-beton buyumlarga yengil to’ldirgich — keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashtirish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foydalanishni tavsiya etdi. Ashokaning beton va temir-beton sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Davlat standartlari me’yorlari (normalari)ga kiritilgan.