ASHXOBOD ZILZILASI
ASHXOBOD ZILZILASI – 1948 yil 6 oktabr mahalliy vaqt bilan kechasi soat 1 dan 12 minut o’tganda bo’lgan kuchli zilzila. Zilzila episentri Ashxobod shahridan Janubiy-g’arbda, Qurug’ovdonda, 10— 15 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila kuchi (M-7,0) episentrda 10 ballgacha yetdi. 1000 kilometr kvadratga yaqin maydon 9 ball kuch bilan silkindi. Zilzilaning epitsentral zonasi (37,8° shu kabi va 58,6° sharqiy uzunligi) Buzmayin — Ashxobod — Qurug’ovdon chizig’i bo’ylab Kopetdog’tog’larining shim. etagida shimoliy-g’arbdan Janubiy-sharqqa yo’nalgan. Zilzila natijasida Ashxobod va uning atrofidagi qishloqlar vayron bo’ldi. Ko’p yerlarda yoriqlar, qum aralash butane suv fontanlari vujudga keldi, tog’larda ko’chkilar sodir bo’ldi, yer osti suvlarining miqdori o’zgardi. Yerning ustki qatlami vertikal yo’nalishda siljidi. Ashxoboddan g’arbda yer 33 santimetr ko’tarildi, Sharqda esa 22 santimetr cho’kdi. Ashxobod shu ko’tarilgan va cho’kkan zonalarning tutashgan yerida joylashgan bo’lganligi uchun bu yerda yer 70 santimetrdan 178 santimetrgacha gorizontal yo’nalishda siljidi. Zilzila vaqtida vertikal (tik) silkinishlar bo’lsa ham, lekin asosiy falokat Janubiy- sharqdan shimol-g’arbga yo’nalgan gorizontal tebranishlar natijasida ro’y berdi. Asosiy zilziladan so’ng bir necha oy mobaynida qayta silkinishlar (aftershok) davom etdi. Ashxobod zilziladan so’ng qayta tiklandi va zamonaviy, obod shaharlardan biriga aylandi.