Plastiklik
Plastiklik (Yun. plastikos — ishlovga moyillik) — tashqi kuch yoki zo’rikish (kuchlanish) ta’sirida qattiq jismlarning o’lchamlari va shakli dastlabki holiga qaytmaydigan bo’lib o’zgarish (plastik deformasiyalanish) xossasi. Materiallarga bosim b-n ish- lov berish (bolg’alash, presslash va b.) imkonini belgilaydi. Tashqi kuch ta’- sirida kristall panjara atomlari ora- sidagi o’zaro ta’sir kuchlari o’zgaradi (deformasiyalanadi). Plastik deforma- tsiyalanishda panjara atomlari bir-bi- riga nisbatan ko’chadi, oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik harakati tufayli jism atom tuzilishining o’zgarishi kuzatiladi. Jismning mo’rtligi, plastikligi sharo- itga bog’liq. Ma’lum bir sharoitda (mas, yuqori t-Rada) uning bunday xossalari butunlay yo’qoladi. Metallarning P. holatiga o’tishi ma’lum sharoitda ro’y beradi, bu holat chegara-viy holat deb yuritiladi. Jismlarning P.gi defor- masiyalanish tezligi, t-ra va jismning tuzilishiga bog’liq. P.ning turli xillari mavjud. O’zdiffuzion va diffuzion P.da tashqi siquvchi kuch ta’sirida kri-stallarning atom qatlamlari shu kuch ta’sir etayot- gan sirtdan boshqa joyga siljiydi. Bunda massa ko’chishi sirt bo’yicha yoki kristall hajmi bo’yicha o’zdiffuziya tu- fayli amalga oshadi. Dislokasion P.da kristallogra-FIK tekislikdagi sirpa- nish kristallning plastik deformasi- yalanishiga sabab bo’ladi. Sirpanish har xil sodir bo’ladi: dastlab, u tekislik- ning bir zonasida yuz berayotgan bo’lsa, bu zonaning chegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish chegara- si dislokasiya chizig’i yokidislo-kasiya deyiladi. Kraudion P. kri-stalddagi zich joylashgan atom katorlari bo’ylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil bo’lishiga asoslangan. Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu sohadan uzoqlashadi, na-tijada tig’bo- tirilayotgan sirtdan ma’lum masofada atom kontsentrasiyasi oshadi (rasmga q.)- Kristallda tugunlararo atomlar hosil bo’ladi. Kraudion plastiklik: I — tig’boti- rilguncha; II — tig’botirilganda atomlar kuyuklanmasi hosil bo’ladi; III — shak- lning uzil-ke-sil o’zgarishi. Kristallda tugunlararo atomlar hosil bo’ladi. P.ni ba’zi jismlarda e’tibor- ga olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq elastik (qayishqoq) jismlar hisoblanadi. Har bir jismning xos- salari P. bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganiladi. Mac, kristallar, polikri- stallar, monokristallar, amorf jism- lar plastikligi va b. Jismlarning qovushqokdigi ham ularning plasti- kligini belgilaydi. Tutash muhitlar mexanikasida jismlar bir jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas, kri- Stall panjara atomlari orasidagi ma- Sofa xisobga olinmaydi. P. material- larning buzilmasdan katta qoldiq de- formasiya (plastik deformasiya) hrsil qilishidir. Materiallarning P.ligi ularning cho’zilgandagi uzayishiga qarab baholanadi. Qattiq jismlar plastikli- gini o’rganish amaliy ahamiyatga ega. De- tallarni tayyorlash texnologiyasida, in- shootlar qurishda, metallarni bosim b-n qayta ishlash va kesishda P.ning asosiy qonun-qoidalariga rioya qilinadi. G’oibnazar Xojimetov.