Piktografiya
Piktografiya (lot. pictus — chi- zilgan, tasvirlangan va …grafiya) — yozuvning rivojlanish bosqichlaridan, fo-netik yozuvdan oldingi yozuv turi: muayyan axborot mazmunini biron-bir rasm yoki qat’iy ketma-ket kelgan rasm- larda aks ettirish usuli. Amerika in- deyslari, tropik Afrika xalkdari, Avstraliya va Okeaniya tub aholisi, Si- birdagi ayrim elatlar (yukagir, Nanay va b.) orasida tarqalgan va xatto 20-a. gacha amal qilib kelgan. P.ning kad. namuna- lari paleolitga (ayrim olimlarning fikricha — neolitga) mansubdir. Garchi, shuni aytish kerakki, paleolit davrida- gi suratlar b-n P. orasiga chega-ra qo’yish mumkin emas. P. belgilari — Pikto- grammalar fonetik yozuv belgilaridan shu b-n farq qiladiki, ular aniq til birligiga bog’liq emas va ular xohlagan tilda xoxlagancha talqin qilina-Di: bir piktogramma muayyan bir so’z, uning si- nonimi, so’z birikmasi, bir necha ma’no- ga ega bo’lgan ran yoki bir necha ran tarzida «o’qilishi» mumkin. Piktogrammalar tipologik jixatdan 2 ga: tasvirlanayotgan tushuncha yoki pred- metlar b-n o’xshash bo’lgan (mas, quyosh bel- gisi «quyosh», «kunduz» va «kun» tushun – chalarini anglatadi) va ramziy, shartli (genetik jihatdan 1-turdagi piktogram- malardan kelib chiqqan, lekin ob’ekt b-n o’xshashligi yo’qolgan) piktogrammalarga ajraladi. Piktografik axborot birgina murakkab belgidan yoki bir necha sodda piktogrammalarning qat’iy ketma-ket- ligidan iborat bo’lishi mumkin. P. key- inchalik ieroglifik hamda fonetik yozuv- larning kelib chiqishiga asos bo’lgan. Hoz. madaniy jamiyatda ham P. yordam- chi aloqa vositasi sifatida, mas, yo’l bel- gilari tizimida, ko’rgazmalar va xalqaro musobaqalardagi ko’rsatkichlar sifatida qo’llanadi (ko’p tillilik sharoitida yoki aksar aholi savodsiz bo’lgan hollarda bu narsa katta ahamiyatga egadir). Anvar Ismoilov, Abduvahob Madva- liev.