Pichan

Pichan — ekma yoki tabiiy o’rilgan o’tni quyosh nurida va shamollatib quri- tib tayyorlanadigan dag’al xashak. O’rtacha namligi 15-17% ni tashkil etadi. Kuz-qish davrida hamda mollar bog’lab boqilganda o’txo’r hayvonlarning asosiy ozuqasi. P. tayyorlash chorva uchun ozuqa jamg’arishning eng qad. va keng tarqalgan usuli. Botanik tarkibiga ko’ra, P. DUK- kakli, g’allagulli, dukkakli-g’allagulli, aralash o’tli, dukkakli aralash o’tli tur- larga bo’linadi. P.ning to’yimliligi uning tarkibidagi turli o’tlar, o’simliklar guruhlari nisbatlariga bog’liq. Beda, vika, betaga, qo’ng’irbosh, oqso’xta va b. o’tlar P.i eng qimmatli hisoblanadi. Cho’lda o’sgan o’tlar picha- ni botqokli pichan-zorlarnikidan ancha to’yimliroq bo’ladi. Dukkakdoshlar sho- nalayotgan yoki gullay boshlagan fazasida, g’allagullilar boshoklayotganda o’rilsa sifatli P. chiqadi. P.ning to’yimligiga o’tlar bargining to’kilmasligi ham ta’- sir qila-Di, chunki barglarda protein va mineral moddalar poyadagidagiga qaraganda ancha ko’p. 100 kg ekma dukkak- li o’tlar P. ida 50 ozuqa birligi, 9,2 kg hazm bo’luvchi protein, 1000-1500 g kaltsiy, 200-220 g fosfor, karotin, V,, V2, D vitaminlari bor. Ekma g’allagulli o’tlar pichanida protein va kaltsiy kam bo’ladi. 100 kg o’tloq pichanida urtacha 45,8 ozuka birligi, 4,9 xazm bo’ladigan protein, 600 g kaltsiy, 210 g fosfor bor.P. mollarga to’g’ridan-to’g’ri (qayta ishlanmay), asosan, kavsh kaytaruvchi mollar va otlarga maydalangan holda aralash ozuqalarga qo’shib beriladi. P.ning sifati uning rangi, hidi, to- zaligi va mayinligiga qarab anikla-na- Di. Yaxshi pichan ko’k, sarg’ish-ko’k bo’ladi. O’z vaqtida yig’ishtirib olin- gan quruq P. ba’zi o’tlarning o’ziga xos xushbo’y hidiga ega bo’ladi. Agar uzoq vakt quyosh nurida qolib ketsa sarg’ayib, yomg’ir tekkan, nam holida yig’ishtirib olingan bo’lsa mog’or xddli bo’lib qoladi. P. tashishga va saqlashga qulay bo’lishi uchun bog’qilib bog’lanadi yoki mashinada presslanadi. P. maxsus shak- llarda g’aramlanadi. G’aramga bosilgan P., massasini aniklashning eng to’g’ri yo’li tarozida tortishdir. Buning iloji bo’lmasa g’aram hajmi anikdanadi. 1 m3 beda P.i massasi o’rtacha 75 kg deb qabul qilingan. Umumiy g’aram mikdori shunga qarab hisoblab chiqiladi.