Pitnak

Pitnak — Xorazm viloyati Hazorasp tumani hududidagi shahar (1974 y.dan). Amudaryoning chap sohilida joylashgan. T.y. stantsiyasi. Viloyat Mar- kazi (Urganch sh.) gacha 90 km, tuman Mar- kazi (hazo-rasp sh.)gacha 34 km. Aholisi 40,2 ming kishi (Pitnak qishlog’i va Tuproqqal’a hududi aholisi b-n birga; 2001), asosan, o’zbeklar (95%), shuning- dek, qozoq, turkman, rus, tatar va b. mil- lat vakillari ham yashaydi. P. tarixiy joy nomi bo’lib Beruniy asarlarida ham uchraydi. P. vohasi sug’orish uchun qulay bo’lganligi sababli bu erlarda mil. AV- valgi asrlarda xam odamlar yashaganligi ma’lum (Kaparas, Elxaras, Humbuztepa kabi kal’a va tepaliklar o’rnida olib borilgan arxeologik qazishmalar buni tasdikdaydi). 16-a. boshlarida Xiva xonligi tashkil topganda P. vohasi no- iblik bo’lgan. 1873 y.da Kaufman bosh- chiligidagi rus qo’shinlari P.ni ham bosib olishgan. 1920 y.gacha noiblik bo’lib turgan. 1920-27 y.larda esa tuman maqomini olgan. Keyinroq shu atrofdagi 4 ta qishloq birlashtirilib P. deb atalgan. 1924 y.ning boshida P.da sho’rolar hokimiyatiga qarshi qo’zg’olon bo’lib o’tgan. «Pitnak» so’zi qad. Xoraz- miy tilida «Pita — er, taqir, nak — kichik, ya’ni «oz er» ma’nosida ish- la-tilgan. 1969 y. Tuyamo’yin gidrouze- lini qurish boshlanishi jarayonida P. qishlog’i yonidagi dasht erda Drujba sh. quriddi. 1992 y. 16 martda yon atrofdagi Sarimoy, Tuproqqal’a va P. qishloqlari ham Drujba sh. Kengashining ma’muriy qaramog’iga o’tkazidtsi va 1998 y. gacha shu nom (Drujba) b-n yuritildi. P.da 6 sanoat korxonasi, 16 qurilish, 7 transport va aloqa, 7 savdo va mai- shiy xizmat, 200 o’rta va kichik biznes, 2 qo’shma korxonalari, Xorazm avtomo- bil i.ch. birlashmasi, Tuyamo’yin GES, «Tuyamo’yin — Urganch» suv tozalash in-shooti, shakarqand, paxta tozalash z-dlari va b. yirik korxonalar mavjud. Shaharda q.x. mahsulotlarini qayta ishlovchi z-dlar va yirik tsexlar ishlab turibdi. P. hududidan t.y., respublika ahamiyatidagi Urganch—Toshkent magi- Stral avtomobil yo’li o’tgan. 19 umu- miy ta’lim maktabi, lisey-internat, kasb-hunar maktabi, madaniyat uyi, ku- tubxona bor.