Personaj

Personaj (lot. persona — shaxs) — san’at va badiiy adabiyotda muallif tomonidan tasvir etilgan shaxs. P.lar asar voqealarida qatnashuvi, tasvir- lanishi va umumlashtirilishi daraja- siga ko’ra asosiy P.lar, yordamchi P.lar, epizodik P.larga bo’linadi. Badiiy asar voqealarining boshidan oxirigacha faol qatnashgan va yozuvchining asosiy g’oyaviy- estetik niyatini tashuvchi shaxslar aso- siy P.lar hisoblanadi. Ular asarning bosh qahramoni deb ataladi. Barcha voqealarda to’la qatnashmasada, yozuvchi- ning g’oyaviy niyatini to’laroq ochishga xizmat qiladigan faol obrazlar yordamchi P.lardir. Asarning makrostrukturasi- da yanada kamroq qatnashadigan shaxslar epizodik P. bo’lib qolaveradi. Epizo- Dik P.lar asosiy qahramon tabiatidagi muhim xususiyatlarni ishonarli yoritish- ga xizmat qiladilar. Yozuvchi munosabatiga qarab P.lar ijobiy yoki salbiy shaxslar tarzida tasvirlanadi. Badiiy asarda bunday qaramaqarshi qahramonlarning ifo-da- lanishi adabiyotning azaliy muammosi bo’lmish hayotning yaxshilik va yomonlik- dan iborat ekanligiga ishoradir. P.lar orqali hayot hodisalari turli daraja- da ifodalanadi. Chukur va mukammal tasvirlangan, umumlashtiruvchi kuchga ega bo’lgan P. tip darajasiga kutarila- Di. Tip badiiy asarda ishtirok etuvchi P.larning eng oliy cho’qqisini egal- laydi. Tipga kura, kamroq umumlashma quvvatiga ega P.lar obraz yoki xarakter deb yuritiladi.