PETROPAVLOVSK-KAMCHATSKIY

PETROPAVLOVSK-KAMCHATSKIY (1822-1924 y.larda — Petro- Pavlovskiy port) — RF Kamchatka viloya- tidagi shahar, viloyat markazi. Kamchatka ya.o.ning sharqida. Tinch okeanning Avacha buxtasi sohilidagi port. Aholisi 198,9 ming kishi (1998). Tral b-n baliq ovlash va muzxonali flotiliya ba-zasi. Kema verfi; kema ta’mirlash, kema ta’mir- lashmexanika, baliq-kon-serva z-dlari va b. bor. Qurilish Mate-riallari ishlab chiqariladi. Rossiya Faning Vulkanolo- giya in-ti, tinch okean baliq xo’jaligi va okeanografiya in-tining Kamchatka bo’limi, pedagogika in-ti, uzok, Sharq baliq sanoati va xo’jaligi texni- ka in-tining filial i, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi, telemarkaz mav- jud. P.k.ga 1740 y.da ikkinchi Kamchatka ekspedisiyasi asos solgan. Shaharning nomi ekspe-disiyaning «Svyatoy Apostol Pyotr» va «Svyatoy apostol «Pavel» kema- lari nomidan olingan.