Munisipalitet
Munisipalitet (nem. Munizipalitat, lot. municipium — o’zini o’zi ido- ra qiluvchi jamoa) — bir qancha mamla- katlarda mahalliy boshqaruv va o’zini o’zi boshqaruvchi saylab qo’yiladigan organlarning majmui. Ayrim mamlakat- larda (mas, AQSh, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina M. deb atala- Di. Moskva sh.da mahalliy o’zini o’zi boshqaruvchi organ M. deb ataladi, u mu- nisipal yig’ilish va mahalliy ma’muri- yat boshlig’i (M. rahbari)ni o’z ichiga ola- Di. M. tegishli ma’muriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga Konstitu-tsiyaviy huquqda xalqhuquqiy korporasiyalari sifatida qaraladi. Odatda, M. mer, burgomistr va sh.k. bosh- chiligidagi saylab qo’yiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat bo’ladi. M. munisipal korxona- lar, turar joy fondi va b. mulklar egasi bo’lishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy polisiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy ta’minot bo’yicha turli muassasalarni boshqaradi. M.ning asosiy daromad manbai aholidan yig’iladigan mahalliy soliklardir.